13:48 Sharof Muqimov: “Xudoga shukr, dadajonimni ham uylantirdik” (foto) | |
Xonanda Sharof Muqimov otasi Shavkat Muqimovni uylantirdi. Bu haqda xonandaning o‘zi instagramdagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar berdi "Everyday.uz". "2020 yil yangiligi. Xudoga shukr, dadajonimni ham uylantirdik mana. Shavkat Muqimov+Zargul Xalilova=Sevgi. Uzoq umrli va baxtli-saodatli hamroh bo‘lsin. Dadajonimni kayfiyatlari a’lo bo‘lishligi uchun biz har narsaga tayyormiz", – deydi xonanda. Manbalarning yozishicha, xonandaning onasi bir necha yil oldin kasallik sabab olamdan ko‘z yumgan. Ma’lumot o‘rnida, xonanda Sharof Muqimov 2019 yilning iyun oyida ikkinchi marta uylangan edi. Xonanda 2010 yilda Sevinch Mo‘minovaga uylanib, keyinchalik ajrashgan. Muqimovning birinchi turmushidan Leyla ismli qizi bor.
Manba: "aniq.uz"
| |
|