18:32 "Sharshara" kolbasalariga eshak go`shti qo`shilgani aniqlandi | |
Xabarga ko`ra, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Toshkent shahar va Xorazm viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Xorazm viloyatidan Toshkent shahriga 69,6 kg eshak go`shti poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan «GOLD PREMIUM PRODUCT» MChJga qarashli “Sharshara” nomli go`sht mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga o`tkazish uchun olib kelinganligi aniqlangan. Ushbu go`sht sex ishchilari tomonidan boshqa go`sht mahsulotlariga qo`shilganligi aniqlanib, sexda mavjud bo`lgan 275 kg go`sht mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan. Tegishli mutaxassislarning xulosasiga ko`ra, olib qo`yilgan go`sht mahsulotlari iste`molchilarning sog`ligi va hayoti xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga qaratilgan zarur tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|