14:20 Shaxzoda Muhammedova qachon turmushga chiqishi haqidagi savolga javob berdi | |
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova o‘ziga sarpo liboslarini tikishni boshlaganini ma’lum qildi. Shahzoda Instagram`dagi sahifasida to‘yi qachon bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi. “O‘zim uchun vanihoyat..."ShAXZODA" Boutique & Atelye zakazlaridan bo‘shab, endi sarpo liboslar va bosh kiyimlar tikyapman yarim tunda,—deb yozadi Shahzoda,—Ko‘plab savollarga javoban: Hamma ‘To‘yingiz qachon?’, deb so‘raydi. Alloh nasib etsa orzuimdagi vafodor, sadoqatli, ayolning qadriga yetadigan, madaniyatli, mehrli, haqiqiy lafzli, or-nomusli, qalbi va amali hamda vijdoni pok, haqiqiy mard erkak uchrasa, albatta turmush quraman”. “Hozir esa yangi film uchun o‘zimga eskizlarim asosida sarpo liboslar tikyapman”,—deydi aktrisa so‘zini davom ettirar ekan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|