12:59 Sherzod Bin: “ ‘san’atga qanday kirib kelgansiz?’ degan savol asabimni buzadi” | |
“Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo‘nda” loyihasida ishtirok etgan aktyor Sherzod Bin fe’l-atvori, qiziqishlari va ijodidagi yangiliklar haqida so‘zlab berdi. Aktyor yoqtirmagan savoli haqida shunday deydi: “ ‘San’atga qanday kirib kelgansiz’ degan savolni eshitsam, jahlim chiqadi. Bunday paytlarda ‘Uydan chiqqanman-da, o‘ng tomonimga qarab yurib kelaverganman’ deb javob beraman”. “Oilamda ota-onam, aka-ukam, singlim bor. Shaxsiy hayotimga to‘xtalsak, hali oila qurish niyatim yo‘q. Hali bajarib olishim kerak bo‘lgan, rejalashtirgan ishlarim ko‘p”,— deydi aktyor qachon oila qurishiga aniqlik kiritar ekan.
Manba: "http://darakchi.uz"
| |
|