12:33 Shifokor koronavirusdan himoyalanishning yana bir usulini aytdi | |
Burunni sovun bilan yuvish viruslarning burun shilliq qavatiga tarqalishi oldini oladi, deya qayd etgan shifokor Larisa Alekseyeva. «Bu virusli kasalliklarni oldini olishda avvaldan ishlatilgan samarali eski usul», dedi u. Shifokorning qayd etishicha, sovun tarkibidagi ishqor viruslarning burun shilliq qavatiga birikishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kir sovuni bu borada ayniqsa samaralidir, deya qo‘shimcha qilgan u. Terapevt sovun bilan yuzni doimiy yuvish terida quruqlikni keltirib chiqarishidan ham ogohlantirgan. «Buning oldini olish uchun yuvinishdan keyin darhol burningizga xushbo‘y moy surtishingiz kerak. Masalan, yalpiz, dolchin, chinnigullar – ular yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega va kasallikka qarshi kurashishda ham yordam beradi. Agar qo‘lingizda bunday moylar bo‘lmasa, siz zaytunni ham ishlatishingiz mumkin. Yoki, masalan, bolalar kremi» – shifokorning so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chadan uyga qaytgach, qo‘llarini tirsagiga, shuningdek yuzini, bo‘ynini, quloqlarini va burunlarini yuvadi – odatda ularni ikki-uch daqiqa davomida sovunlab, so‘ng yuvib tashlaydi. «Ish paytida, bir nechta bemorni qabul qilgandan so‘ng, men xonani shamollataman, qo‘limni va burnimni yuvaman. Aytgancha, barcha ofis ishchilari xuddi shunday qilishlari kerak. Siz shunchaki burningizni yuvishingiz yoki kaftingizdagi sovunli suv bilan chayishingiz mumkin», deb maslahat berdi u. Shifokorning ta’kidlashicha, virusli infeksiyani yuqtirmaslik uchun, avvalambor, boshqa odamlar bilan masofani uzoqroq tutishingiz kerak.
Manba: "xabar.uz"
| |
|