Главная » 2019 » Декабрь » 16 » Shifokor qisqa muddatli ochlikning foydali jihatini aytdi.
22:57

Shifokor qisqa muddatli ochlikning foydali jihatini aytdi.


Shifokor qisqa muddatli och qolish inson organizmiga qanday ijobiy taʼsir koʻrsatishi haqida soʻzlab berdi.

 Qisqa muddatli och qolish inson organizmiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Bu haqda tibbiyot fanlari doktori, V.M. Gorbatov nomidagi oziq-ovqat tizimlari Federal ilmiy markazi eksperti Valeriy Sergeyev maʼlum qildi, deya yozadi RT.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, 12 soatdan 36 soatgacha boʻlgan davomiylikda och qolish organizmdagi begona elementlar – eski va ishmaydigan toʻqimalar glyukoza boʻlib qayta ishlanadi. Glyukoza esa oʻz oʻrnida energiya ishlab chiqaradi.

Qolaversa, ochlik vaqtida organizm yogʻli kislotalardan energiya oladi. Bu vaznni kamaytirish hamda yurak-qon tomir tizimi va tayanch-harakat tizimi yukini qisqartirishga koʻmaklashadi.

“Qisqa muddatli och qolish immunitet tizimini qayta ishga tushiradi. U infektsiya, zamburugʻ va viruslarga qarshi faol kurasha boshlaydi. Shu bois muntazam qisqa muddatga taomdan oʻzini tiyib turuvchilar kamdan-kam kasal boʻlishadi”, - deydi Sergeyev.

Ekspertning taʼkidlashicha, och qolishning eng yaxshi sxemasi “12/12”. Kishi soʻnggi taomni soat 19:00da isteʼmol qiladi, nonushta qilish esa soat 07:00 toʻgʻri keladi. Muskullarning oʻsishiga “16\8” sxemasi yordam beradi. Unda kishi soat 16:00 kechki ovqatni yeb, faqat soat 08:00da nonushta qiladi.

Shifokor ayniqsa, sogʻligʻi bilan muammosi boʻlgan kishilar och qolishga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini eslatdi. Ovqatdan tiyilib turgan vaqtda suv ichishdan voz kechish yaramaydi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq muntazam ravishda och qolish yurak yetishmovchiligi xavfini kamaytiradi va umirning uzaytirishiga yordam berishi xabar qilingan edi.


 

Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz