20:43 Shimoliy Koreyaning koronavirusga oid sirlari oshkor bo‘ldi | |
Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR hududida ikki nafar chet el va yana 2280 nafar mahalliy fuqaro karantinda qolmoqda. Avvalroq, KXDR karantindan uch kishidan tashqari, barcha chet el fuqarolarini chiqarib yuborgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Jami bo‘lib 380 ga yaqin chet ellik karantinga olingandi. KMTAning ma’lum qilishicha, Pxyonan-Namdo va Pxyonan-Pukto provinsiyalarida 1500 va 1090 kishi, yana 1430 kishi Kanvondo provinsiyasida karantindan qo‘yib yuborilgan. Janubiy Koreya ommaviy axborot vositalari Shimoliy Koreyada kamida yetti ming kishini karantinga olingani haqida xabar bergan. "Karantin davri o‘tgan va simptomlari bo‘lmaganlar qo‘yib yuboriladi. Qolganlari kuniga kamida ikki marta sog‘liq uchun tekshiriladi”, deyiladi agentlik ma’lumotida. Avvalroq, “Financial Times” gazetasi Shimoliy Koreya rasmiylari mamlakatda COVID-19 koronavirusining mavjudligini tekshirishni kengaytirish uchun “xalqaro aloqalari”dan yordam so‘ragan.
Bundan tashqari, mamlakatda har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “Aprel bahori” festivali ham qoldirilgan. Ushbu bayram davlat asoschisi Kim Ir Sen sharafiga 1982 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan edi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|