23:19 Shohjahon Ergashevning jangi muddatidan oldin yakunlandi | |
Bugun Toshkent shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi. Kechaning markaziy jangida Shohjahon Ergashev tanzaniyalik Salimu Jengoga qarshi jang qildi. 12 raundga mo‘ljallangan bahsning birinchi raundidayoq jang to‘xtatildi. Shohjahon Ergashevning zarbalaridan so‘ng, raqib muvozanatni yo‘qotdi. Referi shu zaxoti jang yakunlanganligini e’lon qilib yubordi. Qayd etish kerak, referi jangni bunday tez yakunlagani uchun Shohjahonning jangini ko‘rish uchun kelgan butun arena va bokschilar bahs davom ettirilishini talab qilishdi. Ammo hakam qarorini o‘zgartirmadi. Shu tariqa, Ergashev foydasiga texnik nokaut yozildi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|