09:43 Shomurodov faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin | |
Ispaniyaning “Sevilya” klubi “Roma”ning o‘zbekistonlik futbolchisi Eldor Shomurodovga jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Sevilya” sport direktori Ramon Monchi Shomurodovni jamoani kuchaytirish uchun nomzod sifatida ko‘rmoqda. Biroq, Shomurodov “Roma”ga joriy yil yozda ko‘chib o‘tdi. Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchidan xursand va uni qo‘yib yubormoqchi emas, shuning uchun transfer ehtimoli yuqori baholanmayapti. Eslatib o‘tamiz, Shomurodov “bo‘rilar” bilan 2026 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolagan va 14-raqam ostida harakat qilmoqda. Bungacha 26 yoshli futbolchi 2020 yilda “Rostov”dan “Jenoa”ga 7,5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori 2020-2021 yilgi mavsumda Italiya A seriyasida 31 ta o‘yin maydonga tushib, 8 ta gol urgan va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|