Главная » 2017 » Январь » 12 » Shukurillo Isroilovdan yaxshi kayfiyatning 5 siri
09:56

Shukurillo Isroilovdan yaxshi kayfiyatning 5 siri


Insonni yaxshi kayfiyati faqat o‘zigagina bog‘liq emas. Uyingizga do‘stlarni taklif qiling, ularning kelishiga kattami-kichik tayyorgarlik ko‘ring, taom pishirish, kutilmagan «syurprizlar» degandek. Kayfiyatingiz 100 foiz o‘zgarmasa, men kafl.

Bundan tashqari, insonning kayfiyatiga jismoniy tarbiya ham tez ta’sir ko‘rsatadi. Uyg‘onganingizda o‘zingizni lanj sezayotgan bo‘lsangiz, menga o‘xshab musiqa ohanglari ostida badantarbiya qiling.

Kayfiyatingiz tushkun bo‘lsa, o‘zingizni chalg‘itishga urining. Masalan, men bunday paytlari quvonchli kunlarim tasviri tushirilgan surat va video tasvirlarni tomosha qilaman. Aytib qo‘yay, xohish bo‘lmagan ish bilan shug‘ullanish esa foydasiz.

Kim aytdi faqat ayollar do‘konma-do‘kon yuradi deb? Bu bo‘lmagan gap! Har bir inson o‘zi istagan buyumini xarid qilib, kayfiyatini ko‘tarsin! Zero, o‘ziga ma’qul bo‘lgan har qanday narsa sizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Ba’zi-ba’zida o‘zimizga o‘zimiz baho ham berib turishimiz ham kerak. Misol uchun, «men iste’dodliman, menga havas qilishadi…» Ishoning, buning natijasi a’lo bo‘ladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shukurillo Isroilov | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz