20:43 Shveysariyada osmondan shokolad masallig‘i yog‘ildi | |
Shveysariyaning Olten shahrida bir necha kundan beri ketma-ket kakao kukuni ko‘rinishidagi «yog‘ingarchilik» kuzatilmoqda. Bu haqda mahalliy «Oltner Tagblatt» gazetasi xabar berdi. Birinchi bo‘lib bu hodisani mahalliy fuqarolardan biri mashinasining kapotida payqab qoldi: mashina kakao rangli kukun bilan qoplangandi. Aniqlanishicha, bu kakao urug‘i zarralari ekan. G‘ayritabiiy «yog‘ingarchilik»ka mahalliy «Lindt & Sprüngli» shokolad fabrikasining ventilyasiya tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Korporatsiyaning ma’lum qilishicha, kakao kukuni xavfli emas, avtomobillarni kukundan tozalashni esa kompaniya o‘z zimmasiga olgan. Ayni vaqtda tashkilot nosozlikni bartaraf etish ustida ishlamoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|