Главная » 2020 » Март » 26 » Si Szinpin: “Vaksinani birgalikda ishlab chiqaylik”
22:54

Si Szinpin: “Vaksinani birgalikda ishlab chiqaylik”


Xitoy Xalq Respublikasi koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish uchun boshqa davlatlar bilan ishlashga tayyor. Bu haqda bugun, 26 mart kuni XXR raisi Si Szinpin G20 rahbarlarining favqulodda majlisida aytib o‘tdi.

"Xalqaro hamjamiyat o‘z harakatlarini kuchaytirishi, global miqyosda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishi va epidemiya tarqalishini bostirishi kerak. Xitoy tomoni tegishli kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish amaliyotini tajriba sifatida boshqa davlatlar bilan o‘rtoqlashishga, vaksinalar va dori-darmonlarni ishlab chiqarish sohasida tadqiqotlar va ishlanmalarni tayyorlashga, kasallik avj olgan davlatlarga yordam berishga tayyor", deydi Xitoy rahbari.

Si Szinpin, shuningdek,  Xitoy G20 davlatlaridan global ishlab chiqarish zanjirlarini saqlab qolish uchun koronavirus pandemiyasi sharoitida to‘g‘ri moliyaviy siyosat yuritishni talab qildi. Bundan tashqari, XXR raisining fikriga ko‘ra, davlatlar ushbu sharoitda soliq va savdo bojlarini bekor qilishi, shuningdek, global iqtisodiyotni rivojlantirish uchun tovarlarning erkin aylanishini ta’minlashi kerak.

Ma’lumot uchun, hozirda vaksina ishlab chiqish jarayoni dunyoning bir qancha mamlakatlarida amalga oshirilmoqda. Jumaladan, AQSH, Yaponiya, Xitoy, Fransiya va Rossiya davlatlarida koronavirusga qarshi vaksinani sinovi allaqachon boshlab yuborilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz