21:25 Simsiz quloqchinlarning zararlari aytildi | |
Simsiz quloqchinlar odamlar uchun xavfli, chunki elektromagnit nurlanish miyaga yaqin joyda yuz beradi. Bu haqda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti informatika kafedrasi dotsenti Aleksandr Timofeyev ma’lum qilgan. Ko‘pgina mamlakatlar olimlari simsiz quloqchinlar miya saratoniga sabab bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Bluetooth — bu mikroto‘lqinli pech kabi xavfli elektromagnit nurlanish manbai. Olimlarga ko‘ra, miya yaqinidagi elektromagnit to‘lqinlar juda zararli.
Unga ko‘ra, eng katta xavf yuqori sifatli eshitish vositalarining nusxalarida kuzatiladi. Olim qurilmaning xavfsizligini quyidagicha tekshirishni maslahat bergan: gadjetni stol ustiga qo‘yib, quloqchinlarni taqish, so‘ngra stoldan uzoqlashish kerak. “Agar bir necha metr masofada signal kuchsizlanib qolsa, u holda qurilma maksimal darajada xavfsizroq bo‘ladi”, deb xulosa qilgan dotsent.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|