12:42 Sirdaryo viloyatining 2 shahri va 4 tumaniga yangi hokimlar tayinlandi | |
Xalq deputatlari Guliston, Shirin shaharlari, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Sirdaryo tumanlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Ularda tashkiliy masalalar ko‘rildi, deb yozadi Sirdaryo viloyati hokimligi rasmiy veb-sayti. Deputatlar Sirdaryo viloyati hokimi Oybek Ashurmatovning tavsiyasiga ko‘ra, Guliston shahriga Sirdaryo viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherzod Ismatullayevni, Shirin shahriga “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati elektrostansiyalardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ilhomjon Begaliyevni, Oqoltin tumaniga Jizzax viloyati Zomin tumani “Avtosanoat-agro-Jizzax” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Xamrabay Razzoqovni, Sayxunobod tumaniga Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nosirjon Egamberdiyevni, Sardoba tumaniga Sirdaryo viloyati prokuraturasi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i Shukurullo Tursunovni, Sirdaryo tumaniga “Sirdaryoavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti direktori Sobirjon Nazarovni hokim etib tasdiqladi. Sessiyalarda viloyat hokimi Oybek Ashurmatov tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ma’ruzalar qildi.
Manba: "http://daryo.uz"
| |
|