08:20 Sirdaryoda 2 nafar mast fuqaro o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan yakunladi | |
Ma’lum qilinishicha, ikki fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan janjal davomida I.Yu. qo‘llari va oyoqlari bilan N.M.ni urgan va tepgan hamda unga tan jarohatlari yetkazgan. Natijada N.M. Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limga yotqizilgan, ammo ko‘rastilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 53 yoshli fuqaro vafot etgan. Mazur holat yuzasidan Oqoltin tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 3-qismi, “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. I.Yu. ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|