12:04 Sirdaryoda marhumga jarima yozilgani holati o‘rganilmoqda | |
Joriy yilning 23-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda «fuqaroning o‘limiga 3 yildan oshgan bo‘lsada, unga jarima belgilangani» xabari tarqaldi. YHXBB axborot xizmati aniqlik kiritishicha, xabarda Mirzaobod tumani IIB YHXB ma’muriy amaliyot xodimi tomonidan fuqaro vafot etganligiga qaramasdan unga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi jarima qarori chiqarilgani aytilgan. Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|