20:33 Sirka, dafna yaprog‘i, o‘rgimchaklar... Vabo paytida Yevropada qanday davolanishgan? | |
Tarixdagi mashhur "qora o‘lat" xuddi koronavirus kabi "hayvonlar"dan kelib chiqqani aytilgan. Endi COVID-19ning "onasi" ilon yoki ko‘rshapalak dab atalmoqda. Oldingi davlarda esa mayda jonivorlar o‘latni olib kelgan (yumronqoziqlar, quyon va boshqa dasht kemiruvchilari). Ushbu hayvonlar an’anaviy ravishda Gobi cho‘lidagi ko‘chmanchilar orasida nozik taom hisoblangan va o‘sha birinchi infeksiyalar Mo‘g‘ulistonda paydo bo‘lgan. Keyinchalik noma’lum kasallikning tayoqchasi asta-sekin Xitoydagi mo‘g‘ul xonlari tomonidan boshqariladigan Yuan sulolasi bo‘ylab tarqalgan. Vabo kasalligi samolyotlar, tezyurar poyezdlar bo‘lmagani sababli hozirgi koronavirus kabi tez tarqalmadi. Ammo u shaharga kelganida birinchi inson o‘limi 1320 yilda qayd etilgan bo‘lsa, 11 yildan so‘ng Xitoyning Xebey provinsiyasi aholisining 90% "qora o‘lat"dan vafot etgan. Ko‘p o‘tmay, vabo savdogarlarning karvonlari bilan birga Hindistonga yetib keldi va u yerda millionlab odamlarni osongina yo‘q qildi. Yevropaliklar yuqumli kasallik haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmagan bir paytda, Parij, London va Rim imperiyasida noma’lum "o‘lat" haqida faqat uzoq mish-mishlarni eshitishgan.
Kamonchilar va uning olov o‘qlari Vetnam va Koreya ushbu tahdidga tez munosabat bildirishdi. Ular qozonlarda sirka bilan chegaralarda sanitariya postlari tashkillashtirishdi (o‘sha paytda bu infeksiyani davolash uchun juda samarali vosita deb hisoblangan), shuningdek, kamonchilar chegaralarga joylashtirilgan minora ustunlaridan (yuzlariga sirka bilan namlangan latta bilan) chiziqlarga yaqinlashganlarga qarata o‘q uzishgan. Yaponiya undanda qiziqarliroq ish tutdi. Mahalliy ma’murlar, tanazzulga uchragan Xitoyga tabiblarni yuborishdi va ularning hisobotidan so‘ng dengiz kemalari bilan qirg‘oqlarni o‘rab olishib karantin joriy etishdi. Shunday qilib, sayyorada umumiy vabo epidemiyasi paytida Koreya, Yaponiya va Vetnam deyarli ta’sir ko‘rmadi. Misrda bir yilda bir million kishi dafn qilindi, Konstantinopolda butun mahallalar vafot etdi. 1347 yilning kuzida vabo Yevropaga kirib keldi va birinchi bo‘lib Italiya zarbani qabul qildi. Italiyaning Messina shahar portiga kasallangan misr dengiz eshkakchilari suzib keldi. Albatta, o‘sha payt yevropaliklar ushbu kasallik bilan qanday kurashish kerakligini umuman bilishmas edi.
Qochqinlarning kemalari cho‘ktirilgan Sarosimaga tushgan Messina aholisi shahardan qochib ketishdi. Kataniyaga yetib kelishganida yegulik bilan suv ham berishmay ularni shaharga kirgizishmadi. Qochqinlar tez orada yo‘q bo‘lib ketishdi, ammo bu Kataniyani qutqara olmadi. Vabo xuddi shu tarzda uni yutib yubordi. Infeksiyaning tarqalishida boshqa dengizchilar ham rol o‘ynashgan. Tarixchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 20 ta infeksiyalangan kema Yevropa shaharlariga bakteriyani tarqatgan. Avvaliga, vabo bilan kurashishda ular yuqtirgan odamlarni o‘ldirdilar. Genuya savdogar respublikasida katapultlar yordamida qochqinlarning butun bir floti cho‘ktirilgan edi. Bu bor-yo‘g‘i 2 oy yordam berdi. 1348 yil yanvariga kelib o‘lgan genuyaliklar markaziy ko‘chalarda yotardi. Epidemiya 90 000 odamning hayotiga zomin bo‘lgan edi. Venetsiya va Avinonda aholining 80 foizi vafot etgan. 1352 yilda vabo rus yerlaridan qora hosil yig‘ib oldi. Chernigov va Suzdal azob chekdi, Gluxov butunlay yo‘q bo‘lib ketdi. Moskva esa kamroq talofat ko‘rdi, ammo Moskva shahzodasi Semyon Gordiy o‘latdan vafot etdi. Bemor o‘rtacha ikki kunda va bolalar hamda qariyalar esa bir necha soat ichida vafot etardilar.
Ot va o‘rgimchakdan dori-darmon Hech kim gigiyena haqida bilmagan, har qanday epidemiyada qo‘llaringizni va yuzingizni yuvishni unutmasligingiz kerak. O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada (ayniqsa qishda) tez-tez cho‘milish odatiy hol emas edi, shuning uchun hammomga borib charchaguncha cho‘milish odatini saqlab qolgan rus knyazliklariga qaraganda ular ko‘proq azob chekishgan. Issiq suv bilan yuvinish bakteriyalarni butunlay yo‘q qilmasayam, hech bo‘lmaganda o‘lat burgalari tarqalishini oldini oldi. Uning ustiga, o‘rta asr tibbiyotining holati yomon edi. Yaxshi ibodat (kambag‘allar uchun) va cherkovdan katta pul (boylar uchun) har qanday kasallikni davolaydi degan ishonch tufayli u shunchaki e’tiborga olinmadi. Bu bema’nilik darajasiga yetdi: agar bemor oldindan cherkovga borib ibodat qilib pul tashlab kelmasa, shifokor bemorga dori berishga haqli emas edi. Olimlar qadimgi kitoblarni o‘rganib, bemorlarni izolyasiya qilish va ulardan uzoqroq bo‘lish kerakligini tushinib yetishdi. O‘rmon ichidagi tanho uylarga "chorva mozorlari va iflos suvlardan uzoqroqqa" ko‘chib o‘tish va u yerda ov bilan kun ko‘rish bilan epidemiyaning tugashini kutish taklif qilindi. Shifokorlar xonaga sutli likopchalarni qo‘yishni tavsiya qilishdi, chunki u bakteriyalarni o‘zlashtirib, tunlarni axlatxonada o‘tkazadi va bu hayvonlarning nafas olishini tozalaydi degan g‘oyani ilg‘or surishgan. O‘rgimchaklarni uylarda ko‘paytirishgan, chunki ular vabo zaharini yutishga yordam beradi deyishgan. Bunday nodonlik oqibatida aholi o‘rgimchak chaqishidan ham o‘ldi.
Soxta ma’lumot (feyk) uchun tilni kesish Shuningdek, o‘limga rozi shifokorlar kasbi ham mavjud edi. Ular juda katta maosh olib, yuqtirilgan shaharlarni tark etmasdilar. Qo‘rquvni yengish uchun ular bepul sharob olishga haqli edi: hokimiyatning saxiyligi eskulaplarning(vrach) mast holatda ishlashiga olib keldi. Davolashning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri vabo pufakchalarini qizib turgan temir bilan kuydirish bo‘lgan. Qurbaqa terisi yaralarga surilgan, magnitlar yordamida kasallikni “tortishgan” va boylar hatto maydalangan zumraddan kompresslar qilishgan. Ko‘chalarda yurganlar hozirgi tibbiy niqoblarning namunasini kiyib yurishgan: yuzlariga nozik qirmizi barglar, dafna yaprog‘i va xushbo‘y tutatqilar solingan qopchalarni bog‘lashgan. Xuddi shu moddalar vabo shifokorlarining "qora qarg‘a" niqoblarining burunlarida ham bo‘lgan. Yevropada shifokorlar iltimosiga binoan, mehmonxonalar, sharobxona va qimor o‘ynash joylari yopilgan. Soxta ma’lumot va vahimalarni tarqatuvchilarni qattiq jazoga tortdilar: xiyonatkorlar Venetsiyada shafqatsiz qamchilandi, Germaniyada jallodlar maydonlarda tillarini kesishdi, chunki vahima tufayli mutlaqo sog‘lom odamlar o‘z joniga qasd qilishdi. Hukumat amaldorlari qatag‘on tahdidi ostida o‘rnak bo‘lib o‘z joylarida qolib vazifalarini bajarishlari kerak edi. Bozorlarda xaridor ovqatini olib, tangalarni sirka solingan idishga tashladi, shunda savdogar ularni tubidan olardi. Rasmiy farmon pergamenti ham sirka bilan namlangan.
Bu Ebola virusi bo‘lganmi? Afsuski, vaboning tarqalishiga cherkov ham o‘z hissasini qo‘shdi. Yevropada odamlar olomon bo‘lib cherkovlarda avliyolar haykallarini va xochlarini o‘pishdi va undan ham ko‘proq kasallikni yuqtirishdi. Batsilla ularning muqaddas suvidan ham yuqdi. Biroq, Rim papasi Klement VI "Xudoga ishon va o‘zingni ehtiyot qil" degan maqolga ishongan. Faqat 4 yil ichida, Yevropada vabo epidemiyasi avjiga chiqqanida (1347-1351), tarixchilarning turli taxminlariga ko‘ra, o‘sha davrdagi aholining 30% dan 60% gacha vafot etgan. Ba’zi zamonaviy olimlar pandemiya hatto o‘latdan emas, balki Afrikadagi Ebola virusidan ham kelib chiqishi mumkinligini taxmin qilishdi. Qanday bo‘lmasin, o‘rta asrlarning xronikalaridagi tasvirlangan alomatlar unga juda o‘xshashdir. Ajablanarlisi shundaki, 700 yillik epidemiyalarda ozgina o‘zgarishlar yuz berdi. Ko‘ngilochar maskanlarni yopish, yuz va qo‘llarni yaxshilab yuvish, ehtiyot choralariga rioya qilish va "soxta ma’lumot" tarqatish uchun jazo berish baribir samarali ishlamoqda. Umuman olganda, barchamiz sog‘lom bo‘laylik. Shu jumladan, aqliy tomondan ham.
Manba: "sof.uz"
| |
|