Главная » 2017 » Январь » 4 » Sizga havas qilishlarini istaysizmi? Mana buning 20 siri
17:57

Sizga havas qilishlarini istaysizmi? Mana buning 20 siri


Qiz bola degan mana undoq qiladi, bundoq qiladi, degan gaplarni ko‘p va xo‘p eshitgandirsiz. «Sening yoshingda men...» deya boshlanuvchi o‘gitlardan ham charchaganingiz rostdir. Axir hammadan xar xil fikr chiqadi–da. Biz esa sizga qizlarning guli bo‘lish sirlarini ochishga jazm etdik. Ulardan voqif ekansiz, barchaning yuragini «jiz» ettirishingizga chin dildan ishonamiz.

  1. Doimo qaddingizni baland tutib yuring. Bukchayish erinchoqlik belgisi sanaladi. O‘tiribsizmi, turibsizmi, doimo gavdangiz tik ushlang, hatto yolg‘iz qolganingizda ham!
  2. Orasta bo‘ling. Har kuni dush qabul qiling, kiyimlarning tozasini kiying. Agar bexosdan libosingizga dog‘ tushirib qo‘ysangiz, darrov uni almashtirib oling, bunga sira erinmang. Qarindoshlarning tadbirlariga xizmatga yuborishsa, har ehtimolga qarshi sumkangizga biror qo‘shimcha kiyim solib qo‘yishni unutmang.
  3. Sochingizga alohida e’tibor qarating. Kuniga bir necha marta tarashga odatlaning. Vaqti vaqti bilan turmagingizni tartibga solib turing. Odamlarning oldida taranmang ham, bo‘yanmang ham. Bu juda xunuk ko‘rinadi.
  4. Pardozning ham me’yordagisi yaxshi. Qizlarga haddan ortiq bo‘yanish yarashmaydi. Notabiiy qora qoshlaru qip-qizil lab bo‘yog‘i bilan arzon qo‘g‘irchoqqa aylanasiz.  
  5. Kiyimining qimmatini emas, yarashiqlisini tanlang. Libosingiz vaziyatga mos kelsin.
  6. To‘y–hasham va tadbirlarga yasanib borishdan uyalmang. Agar tanlagan libosingizdan ikkilanayotgan bo‘lsangiz, bilingki, “Tayyorlanmay, o‘ziga qaramay kelibdi”, degan gapdan ko‘ra, boshqa mehmonlardan yasanibroq turganingiz afzal.
  7. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilib, chiroyli gapiring. Qo‘pol gaplarni hech qachon ishlatmang. Tilimiz boy. Xunuk so‘zlarning o‘rniga hamisha sinonimini topish mumkin.
  8. Ming‘illab so‘zlashish sizga yarashmaydi. Ovozingizni baland ham qo‘yib yubormang. Nutqingiz ravon va so‘z boyligingiz esa ko‘p bo‘lishi uchun doimo mutolaa qiling.
  9. Atrofingizdagilardan e’tiboringizni qizg‘anmang. Aks holda, sizni quruq oliftaga chiqarishlari turgan gap. Ayniqsa, yoshi ulug‘ kishilarga ikki karra e’tib ko‘rsating. Xushmuomalalik odatiy holga aylansin siz uchun. Birovlarni xafa qiladigan gaplardan qoching.
  10. Agar kimnidir joyiga o‘tkazib qo‘yish kerak bo‘lsa, imkon qadar samimiy gapiring. Baqir–chaqirga yo‘l qo‘ymang.
  11. Notanish insonlarga ham hurmat bilan munosabatda bo‘ling. Odamlar siz bilan gaplashganda o‘zlarini yengil his qilishsin. Bu oson emasmi? Unda o‘z ustingizda ishlang. Samimiylikni ham o‘rganish mumkin.
  12. Minnatdorchilik bildirishni kanda qilmang. Dasturxon atrofida o‘zini tutish, tanishish, jamoat joylarida yurish odobini o‘rganing.
  13. Birovlarning kamchiligi va odobsizligini muhokama qilish ham odobsizlikka kiradi. G‘iybatlardan qoching. Kimdir jahlingizni chiqargan yoki kimdandir xafa bo‘lishingiz mumkin, ammo g‘iybat hech qachon muammoni hal qilmaydi.
  14. Ijtimoiy tarmoqlardagi postlaringizga ham e’tiborli bo‘ling. Kimningdir gapi sizga tegib ketsa ham, ijobiy fikrligingizcha qoling.
  15. Qadringizni biling. Yaxshi qiz degani o‘z fikriga ega bo‘lmagan, kim qaerga yetaklasa ketaveradigan qiz emas. Agar qayisdir masalada hamsuhbatingiz bilan fikringiz to‘g‘ri kelmasa, shunchaki mavzuni o‘zgartiring. Agar sizga yomaydigan savol berishsa, unga javob berishingiz shart emas. Hazilga yo‘ying yoki bu savol bilan barchaga murojaat qiling.
  16. Kitob o‘qigan qiz hamisha barchaning diqqat markazida bo‘ladi. Savodsizlik esa uyat sanaladi. Yaxshi romanlar, qissalar va hikoyalar o‘qing.
  17. Dugona tanlashda adashmang. Do‘stlaringiz sizni pastga tortmasligi kerak.
  18. Insofli bo‘ling. Transportda yoshi kattalar va bolali ayollarga joy bo‘shating, o‘qish yoki ishxonangizdagi jamoat ishlaridan bosh tortmang.
  19. O‘z xatti–harakatlaringiz uchun mas’uliyatni bo‘yningizga oling. Barcha kulfatlaringizda boshqalarni ayblamang. Nolishni va o‘zingizni oqlash uchun bahonalar qidirishni bas qiling. Unutmang, siz o‘z hayotingizni o‘zingiz qurasiz.
  20. Istagan narsangizga erishish uchun ko‘p mehnat qilishingiz kerakligi doimo yodingizda bo‘lsin!

 

Dugonangiz


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Sizga havas qilishlarini istaysizmi, Mana buning, 20 siri | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz