Smartfonning qizib ketishiga asosan yirik hajmli dasturlar, uzoq davom etuvchi videotasvir va internetda “suzish” kabilar sabab bo‘ladi.
Qurilmaning qizib ketishidan xalos bo‘lishni istasangiz, quyidagi bir necha oddiy maslahatlarga amal qiling
Smartfonning qizib ketishiga asosan yirik hajmli dasturlar, uzoq davom etuvchi videotasvir va internetda “suzish” kabilar sabab bo‘ladi.
Qurilmaning qizib ketishidan xalos bo‘lishni istasangiz, quyidagi bir necha oddiy maslahatlarga amal qiling.
• Smartfon quvvat olayotgan vaqtda, telefonda gaplashmaslikka harakat qiling. Shuningdek, yirik hajmli dasturlar va o‘yinlarni ham ishga tushirmagan ma’qul.
• Faqat mos keladigan aksessuarlardan foydalaning. Texnik jihatlari mos kelmaydigan quvvatlagichlar tufayli ham smartfon qizib ketishi mumkin.
• Mobil aloqa sifatiga e’tibor bering. U yomon bo‘lsa, telefon internet tarmog‘ida biror narsani qidirish yoki yuklash uchun ko‘proq energiya sarflashiga to‘g‘ri keladi.
• Smartfoningiz qizib ketsa va qotib qolsa – foydalanish miqdorini kamaytiring. Internet va navigatsion dasturlarni yoniq holda qoldirmang. O‘yin sessiyalari orasida qurilma hech bo‘lmasa, yarim soat dam olishiga imkon bering. Haddan ziyod zo‘riqish qurilma hayotini qisqartirishini unutmang.
• Yaxshi optimallashmagan dasturlar qurilma resurslarini yemiradi, shu tufayli u qizib ketadi. Keraksiz dasturlarni o‘chiring. Telefon sozlamalarida qaysi qurilmalar batareya resurslarini isrof qilayotganini bilib olish mumkin.
• O‘yin yoki dastur qotib qolaversa, telefonni o‘chirib yoqish foyda bermasa – ularni smartfon protsessorini qizdirmaydigan analogiga almashtiring.
• Operatsion tizim versiyasini tez-tez almashtirib turing. “Dasturiy axlat” ko‘pligini tahmin qilsangiz – “zavod sozlamalar”iga murojaat qilgan maqul. Bundan oldin kerakli narsalarni saqlab qo‘ying.