17:56 Smartfonlar koronavirusga qarshi kurashishda yordam beryapti | |
Mobil qurilma yo‘lovchilarning shifokor bilan masofadan turib bog‘lanish va tibbiy maslahat olishlari uchun zarur deb topildi. Dastlab karantindagi odamlarga uncha qimmat bo‘lmagan Android-smartfonlar yetkazib berish rejalashtirilayotgan edi, biroq bu telefonlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi maxsus ilovasi to‘g‘ri ishlamasligi ma’lum bo‘lgach, laynerga 2 mingdan ziyod Applening “iPhone 6s” qurilmasi yetkazib berildi. Masofaviy tibbiyot konsultatsiyalari unchalik naf bermagan shekilli, 16-fevral kungi ma’lumotlarda, kemada kasallanganlar soni 355 kishini tashkil qilgani aytilmoqda. 11 yo‘lovchini kemadan tushirishga ruxsat berishdi, ammo ular quruqlikda karantinda saqlanmoqda. Qolganlari ozod qilinmaydi, chunki kasallik belgilari ko‘rinmasa ham ularda virus yo‘qligini ishonchli tarzda tekshirish lozim.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|