17:08 So‘z ustasi Mirzabek Xolmedov 55 yoshga to‘ldi | |
Xalqimiz Mirza deb chaqirishga odatlangan Mirzabek Xolmedov 55 yoshni qarshi oldi, deb yozdi “Qalampir”. U 1961-yilning 13-dekabr kuni dunyoga kelgandi. Mirzabek Xolmedov oilasidagi 11 farzandning to‘qqizinchisi bo‘lgan. 1987-yil oila qurgan. Uning 3 o‘g‘il va 1 qiz farzandi bor. Xabarda Xolmedov qiz farzandini uzatgani qayd etilgan. Yaqindagina olti karra buva bo‘lgan Obid Asomov ham aynan shu masalaga urg‘u berib, hamkasbini tabrikladi. “Akaginam, sizga mustahkam sog‘liq, fayz-baraka va oilaviy baxt tilayman! Kelasi yilgi tug‘ilgan kuningizga ‘dedushka’ degan unvon ham qo‘shilsin”, — yozgan Obid Asomov. Ma’lumot uchun, Mirzabek Xolmedov 1989-yildan buyon o‘z muxlislari uchun har yili konsert dasturi tashkil qilib keladi. U aktyor sifatida “Alif va Laylo”, “Oltin devor”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Muhabbat sinovlari-1”, “Muhabbat sinovlari-2”, “Ulfatlar-1”, “Ulfatlar-2”, “Ulfatlar-3” kinokartinalarida rol o‘ynagan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|