09:56 Sobiq razvedkachi koronavirus tarqalishi haqida shov-shuvli bayonot berdi | |
Britaniya maxfiy razvedka xizmatining sobiq rahbari Richard Dirlavning so‘zlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 koronavirusi Uxandagi laboratoriyada yaratilgan va keyinchalik beixtiyor tashqariga chiqarib yuborilgan. Xitoy esa, uning fikricha, o‘z qilmishi uchun dunyoga javob berishi kerak. Bu haqda sobiq razvedka xodimi The Telegraph nashriga bergan intervyusida aytib o'tdi. Dirlav London universitetining professori Angus Dalglish va norvegiyalik virusolog Birger Sorensen tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ishora qilgan. Olimlarning maqolasida sun’iy qo‘shimchalar SARS-CoV-2 koronavirusining umurtqa pog‘onasida joylashgan, bu uning inson hujayralari bilan yuqori darajada bog‘lanishni ta’minlaydi. Olimlar yangi koronavirusni «Uxan virusi» deb nomlash to‘g‘riroq bo‘lishini ta’kidlashgan, chunki katta ehtimol bilan ko‘rshapalaklarga sinash paytida «SARS-CoV-2 virusi yaratilganiga shubha yo‘q», degan xulosaga keladi ular. «Menimcha, baxtsiz hodisa ro‘y berdi», deydi Dirlav laboratoriyada virus tarqalishining sabablarini muhokama qilar ekan. Biroq, razvedka xodimi Xitoy falokat uchun javobgarlikka tortilishi va dunyoga yetkazilgan zararni qoplashi kerakligiga ishonadi. E’tiborli tomonini, Britaniya maxfiy razvedka xizmatining sobiq rahbari tayanayotgan maqola bir necha bor qayta yozilgan, chunki u noxolis deb tan olingan. Nufuzli Nature va Journal of Virology ilmiy jurnallari maqolani «nashr etish uchun yaroqsiz» deb tan oldi. Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblovlarni o‘z ichiga olgan maqolaning muhim qismi o‘chirilgandan so‘ng, material Stanford va Dandi universitetlari tomonidan tahrirlanadigan Biofizika kashfiyotlarining choraklik sharhida chop qilingan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|