17:28 Soch parvarishi borasida 8 maslahat | |
Yorlig‘ida «Hamma soch turlari uchun» degan yozuvi bor shampun yoki kondisionerlarni sotib olishga shoshilmang. Bunday soch yuvish vositalari soch tolalari qalinligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shampun, balzam, kondisioner, soch uchun maxsus niqoblarning turini tez-tez almashtirish sochlaringiz uchun zazarli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ularni ikki oyda yangilab turish tavsiya etiladi. Sochni namlantiruvchi, oziqlantiruvchi spreylardan yil davomida foydalanganingiz ma’qul. Bular sochingizni yozda qo‘yosh nurlaridan, qishda esa quruq havodan asrashingizga yordam beradi. Bosh terisini oziqlantiruvchi krem va niqoblardan ikki haftada bir martadan ko‘p foydalanish tavsiya etilmaydi. Xo‘l va nam sochlarni aslo taramang. Bu ularning to‘kilishiga va sinuvchanligiga sababchi bo‘lasiz. Soch qurutish vositasidan bir haftada ikki martadan ko‘p foydalanmaslikka harakat qiling. Sochlaringizning uchini uch oyda bir marta albatta kestirib turing. Bu bilan siz sochlaringizga kislorod borishini ta’minlagan bo‘lasiz. Boshingizni ro‘mol bilan qattiq tang‘imang, sochingizni qattiq to‘g‘nog‘ichlar bilan yig‘ishtirmang. Bunday holatlar soch ildizining tuzilishini o‘zgartirib yuboradi, natijada sochning yog‘ ishlab chiqarishi tezlashadi. Sochlar va uning ildizlariga biroz dam berishni unutmang.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|