09:24 Sochim to‘kilmasin desangiz: guruchli suvning foydali xususiyatlari | |
O‘zbek qizlarining uzun va qalin sochlariga qarab havas qilsa arziydi? Bu genetika bilan bog‘liq, ya’ni Osiyoning o‘ziga xos xususiyati – har doim quyosh yorqin nurlarini sochib turishidir. Ammo sochlarni parvarishlashning o‘ziga xos sirlari bor. Keling, ular haqida ko‘proq bilib olaylik. Guruch suvi Guruch suvi sochlarni tabiiy parvarishlovchi xususiyatga ega. Bundan tashqari, ular sochni tez yog‘lanishining oldini oladi. Guruchning hidi bor deb o‘ylarsiz, ammo soch qurigandan keyin u deyarli sezilmaydi. Tayyorlanishi Jarayon oddiy va uni har qanday sochlar uchun qo‘llasa bo‘ladi. Buning uchun, bir stakan guruch yuvilib, ustiga ikki stakan suv quyiladi. Miqdorining ahamiyat yo‘q, chunki sochlarning qalinligiga moslab tayyorlash mumkin. Guruchni bir kechaga yoki kamida uch soatga suvda qoldirish kerak. Qo‘llanilishi Guruchli suvdan xira oq rangli suyuqlik hosil bo‘ladi. Avval sochlarni odatdagi tarzda yuvish va sochiq bilan quritish zarur. Shundan so‘ng, toza sochlarga guruch suvi surtiladi va xohlaganday quritiladi. Guruchli suv qo‘llangach, sochlar qalin, yorqin va chiroyli tus oladi. Suv teriga ham foydali ta’sir ko‘rsatadi va sochlar o‘sishida muhim rol o‘ynaydi. Undan yuz terisi uchun ham foydalanish mumkin. Layfxak Osh damlashdan oldin guruchlarni bir qancha vaqt davomida suv bilan ivitish kerakligini bilarmidingiz? Guruchning ovqat pishirish va sochlarni parvarish qilish borasidagi foydali xususiyatini birlashtirish orqali ajoyib natijalarga erishishingizga ishonamiz!
Manba: "xabardor.uz"
| |
|