21:52 Sog'lom erkak spermogrammasi | |
Quyida me'yordagi spermogramma ko'rsatkichlari keltirilgan. Doctor-D klinikasi ma'lumotlari. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, sperma fertilligining ko'rsatkichlari har xil erkakda farqlanadi va ko'pincha juda past spermogrammako'rsatkichlariga ega bo'lgan erkakdan ham homiladorlik sodir bo'lishi mumkinligini tajriba ko'rsatib kelmoqda. Spermogramma ko'rsatkichlaridan olingan axborot aniq bo'lishi uchun, sperma topshirishdan oldin kamida uch kun davomida jinsiy aloqani to'xtatib turish lozim. Tahlil uchun spermani laborotoriya joylashgan xonaning o'zida topshirish kerak, chunki sovib qolgan sperma ko'rsatkichlari aniq bo'lmaydi. Bitta spermagrammadanoq erkakning bepushtligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin emas. Birinchidan, sperma tahlili barcha shartlarga rioya qilingan holda kamida uch marotaba tekshirilishi kerak. Ikkinchidan, spermogrammalar ko'rsatkichlari bir-biridan farq qilsa, u holda erkakning fertilligi haqidagi xulosa eng yaxshi spermogramma asosida chiqariladi. Sog'lom erkak spermogrammasi: Eyakulyat (urug' suyuqligi) - 4 ml Spermalar soni (1 ml da) - 46 mln Faol harakatdagilari - 56% Kam harakatdagilari - 34% Harakatsizlar - 10% Patologik shakllari - 16% Agglyutinantlar - yo'q Agregatlar - yo'q Leykotsitlar - 0-1 Eritrotsitlar - yo'q
Manba: "uzbaby.uz"
| |
|