13:19 Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqdi | |
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov iste’foga chiqqanini e’lon qildi.
Prezident Qirg‘izistonning yangi Bosh vaziri Sadir Japarov va boshqa siyosatchilardan mamlakatga tinch hayotni qaytarishni so‘ragan. Avvalroq, Jeenbekov mamlakatda parlament saylovlari o‘tkazilgach, yangi prezidentlik saylovi muddatini e’lon qilib iste’foga chiqishi haqida xabar berilgandi. Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga ko‘ra, Prezident iste’foga chiqqan taqdirda uning vazifasini bajarish Jo‘qorg‘u Kenesh spikeriga topshiriladi. Hozirda Kanatbek Isayev Qirg‘iziston parlamenti spikeri hisoblanadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|