Главная » 2017 » Июль » 25 » Sovuq dush qabul qilish uchun 3 ta sabab
16:15

Sovuq dush qabul qilish uchun 3 ta sabab


Sovuq dushning afzalliklari juda ko‘p. U sog‘liq uchun foydali bo‘lib, bizning ahvolimizni yaxshilashga yordam beruvchi ruhiy bardamlik baxsh etadi.

Iroda kuchini mustahkamlaydi

Sovuq dush — iroda kuchini rivojlantirish uchun ajoyib mashq hisoblanadi, uningsiz esa hayotda hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Aynan uning yordamida chekishni tashlash, o‘z hissiyotlarini nazorat qilish, to‘g‘ri ovqatlanish, erta uxlashga yotish, ko‘p pul topish, marhamatliroq bo‘lish mumkin.

Iroda kuchi mushaklarga o‘xshaydi: kuchliroq bo‘lishi uchun ularni chiniqtirish kerak.

Chidamni oshiradi

Noqulaylikka chiday olish kerak. Mayda narsalardan boshlab siz o‘zingizni jismoniy noxush tuyg‘ularga e’tibor bermaslikka o‘rgatasiz. Keyinchalik esa bu qobiliyatni hayotning boshqa sohalariga ham tatbiq qilishingiz mumkin.

Bu sovuq dush bilan qanday bog‘langan? Juda oddiy: sovuq dush noqulaylikka chidash qobiliyatini oshiradi, bu esa o‘z navbatida stressni kamaytiradi.

O‘zgarishlarni qabul qilishga va minnatdor bo‘lishga yordam beradi

Sovuq dush yordamida iroda kuchini mustahkamlash bilan birgalikda siz chidamlilikni oshirasiz. Chidamli bo‘lish oqibatida esa siz hayotda albatta yuz beradigan o‘zgarishlarni qabul qilishni o‘rganasiz. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri minnatdorlik bilan bog‘langan.

Manba: “Layfxaker”


Manba: "daryo.uz"
Категория: Fikr Mulohaza | | Теги: Sovuq dush, Sabab, qabul qilish, Sovuq, Dush | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz