Главная » 2020 » Январь » 5 » Sovuq havoda yugurish qoidalari
15:01

Sovuq havoda yugurish qoidalari


So‘nggi vaqtlarda yugurish bilan shug‘ullanuvchilarning soni oshib bormoqda. Yozda yugurishning hech qanday muammoli jihati yo‘q. Ammo kech kuz va qishda sovuq haroratda yugurishning qanchalik foydali ekanligi o‘ylantiradi. Quyida sovuq havoda yugurishga oid qoidalar va tavsiyalarni yig`dik. 

Yugurishdan oldin badantarbiya mashqlari

Badantarbiya mashqlari har qanday havoda, har qanday mashg‘ulotdan oldin qilinishi zarur, ammo qishda bu ikki karra muhim. Organizmni qishda yugurish kabi qiyin sinovga yo‘llashdan avval, biroz qizitish va tayyorlash kerak. Hammasini to‘g‘ri bajarsangiz, sovuqda yugurish salomatlik bilan bog‘liq hech qanday muammo tug‘dirmaydi, aksincha, ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Issiq kiyinish

Har qanday havoga va har qanday mavsumga mos keladigan sport kiyimlarining ko‘pgina turlari bor. Qishda sport bilan shug‘ullanish uchun eng yaxshi ixtirolardan biri – termo-kiyim bo‘lib, u ham tananing nafas olishiga yordam beradi, ham zarur haroratni ushlab turadi.

Qalpoq kiyish

(yoki quloqni sovqotishdan saqlaydigan maxsus quloqchinlar ham bor) 

Mashg‘ulotni iliq xonada boshlash va tugatish

Sovuqqa qizigan holda chiqish kerak, shu tariqa organizm ko‘chada darhol issiqlik ajratib chiqarishni boshlaydi va past havo haroratida sovqotmaysiz. Yugurishni yopiq joyda tugatish ham yaxshi – terlagan holda ko‘chada “qotish”ni boshlasangiz shamollash ehtimoli ortadi.

Ko‘p yugurmaslik

Sovuq mavsumda uncha katta bo‘lmagan masofalarga yugurish lozim. Juda sovqotib, ortga qaytishga kuchingiz qolmasa – yugurishdan naf bo‘larmikan?

Suv ichmaslik

Minus havo haroratida suv tez soviydi va organizmga kuchli zarar yetkazishi mumkin. Shamollab qolishingiz oson bo‘ladi.

Kiyim butun tanangizni yopishi kerak

Faqatgina yuzingiz ochiq turishi kerak, uni ham maxsus termo-niqob bilan yopsangiz yaxshi bo‘ladi. Qo‘lqop, uzun paypoqlar, bo‘yinni yopib turadigan kiyim (vodolazka) haqida unutmang. Hech qayeringiz sovuq bilan to‘qnashmasligi lozim.

To‘g‘ri nafas olish

Havo o‘pkaga iliq bo‘lib kirishi uchun burun bilan nafas olish lozim. Og‘iz bilan nafas olish kislorod kiradigan yo‘lni qisqartiradi va u organizm ichiga yetib borguncha isishga ulgurmaydi.

Iqtisod qilmaslik
Yaxshi sport kiyimi arzon turmasligi mumkin. Arzon paxta matoli kiyim sotib olib, keyinchalik shifokor va dori-darmonlarga pul to‘lab yurgandan ko‘ra, kasal bo‘lishingizga yo‘l qo‘ymaydigan sifatli kiyim sotib oling.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz