Главная » 2018 » Январь » 12 » Sovuq kunlarda yuzingizni himoyalovchi 5 niqob
20:39

Sovuq kunlarda yuzingizni himoyalovchi 5 niqob


1. Asalli

1 osh qoshiq asalni suv bug‘ida eritib, 1 choy qoshiqdan limon sharbati va oq loyni solib aralashtiring. Yuzlaringizga tekis qilib surtgach, 15-20 daqiqadan so‘ng yuving. Bu niqob yur terisini parvarishlab, tetiklashtiradi.

2. Tuxum oqidan

1 dona tuxum oqini yaxshilab ko‘pirtirib, 1 choy qoshiq limon sharbati va ozgina limon qirindisini soling. So‘ngra 1 osh qoshiq bug‘doy kepagini qo‘shib, yuzlaringizga 15 daqiqaga surtib qo‘ying. Niqob yuz terisini tozalab, parvarishlaydi.

3. Tvorogli

2 osh qoshiq yog‘sizroq tvorogga 2 dona tuxum sarig‘i va 1 choy qoshiq achchiq damlangan ko‘k choyni qo‘shing. Tvorogli aralashma yuz terisini tekislab, oqartiradi va parvarishlaydi.

4. Jelatinli

2 osh qoshiq jelatinga shuncha miqdorda qaynoq suv quyib, ozgina kuting. So‘ngra 1 osh qoshiq gliserin qo‘shing. Nam sochiqchani niqobga botirib, yuzingizga qo‘ying. 15 daqiqadan so‘ng sochiqchani olib, yuzingizni tonik bilan arting va parvarishlovchi krem surting. Bu usul bilan yuz teringizda qon aylanishini yaxshilaysiz.

5. Zaytun yog‘li

Sovuq kunlarda yuzingiz qurib, ajin tushib ketmasligi uchun haftada bir marta zytun yog‘idan foydalpning. Zaytun yog‘ini suv bug‘ida ilitib, yuz teringizga surting. 15-20 daqiqadan so‘ng moychechakli iliqroq damlama bilan yuving.

P/S: Har bir yuz terisiga o‘ziga xosdir. Shuning uchun uchun allergiyangiz bormahsulotlardan niqob sifatida foydanlanmang.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Теги: Sovuq kunlar, himoyalovchi, 5 niqob, yuzingiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz