22:52 Spirtli ichimliklar koronavirusga chalinish ehtimolini pasaytiradimi? | |
Butun jahon sog‘likni saqlash tashkiloti vakili Toriq Yazerivich har qanday turdagi alkogolli ichimliklarni ichish koronavirusni bilan zararlanishga qarshi kurasha olmasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, spirtli ichimliklar aksincha insonni yomonroq ahvolga soladi.
Gazeta.ruʼning yozishicha, JSST vakili, koronavirusni yuqtirib olmalikning yo‘li shifokorlar tavsiya qilgan shaxsiy gigiyenaga amal qilish ekanligini aytdi. So‘nggi soatlargacha Covid-2019 koronavirusiga chalinganlar soni 60 300 kishidan oshdi, kasallikdan o‘lganlarning umumiy soni 1 371 kishiga, butunlay sog‘ayib ketganlar soni esa 6 061 kishiga yetdi.
Manba: "sof.uz"
| |
|