Главная » 2020 » Январь » 22 » Stiv Jobsning shifokoridan sog‘lom va baxtli yashash sirlari
23:14

Stiv Jobsning shifokoridan sog‘lom va baxtli yashash sirlari


Onkolog-shifokor, Lourens J. Ellison nomidagi Janubiy Kaliforniya universitetining Transformativ tibbiyot instituti asoschisi, o‘z vaqtida Aplle asoschisi Stiv Jobsning onkologi bo‘lgan Devid Agus katta shaharlarda yashovchi aholi sog‘lig‘ini saqlashga yordam beradigan qoidalarni sanab o‘tdi.

Mutaxassis tabiatda ko‘proq vaqt sarflashni, shuningdek, ko‘proq harakat qilishni tavsiya qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aslida, inson mushaklarning qisqarishi tufayli yashaydi. Shuning uchun salomatlik uchun harakat qilish juda zarur.

Agus, shuningdek, dam olish juda muhim ekanligini ta’kidladi. U bir sutkada kamida yarim soat dam olishni maslahat berdi. Shunday qilib, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘qish uchun tanaffus qilish yoki derazadan tashqariga qarash – bular kun davomida to‘plangan stress darajasini pasaytirish uchun zarur omillardir.

Shifokor katta shaharda yashash prinsiplaridan yana biri bu – rejimga qat’iy rioya qilishdir. U kuniga uch marta ovqatlanishni tavsiya qildi va yengil tanovul metabolizmni o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidladi. Agusning so‘zlariga ko‘ra, natijada ortiqcha vazn paydo bo‘ladi va miya faoliyati kamayadi.

Shifokor, shuningdek, bir vaqtda yotish va uyg‘onishni maslahat berdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz