08:44 Stomatitni qanday davolash mumkin? | |
Og‘izda "yong‘in" tursa, uni muzqaymoq bilan o‘chiring. Bu stomatitga qarshi eng yaxshi vosita. Stomatit nima o‘zi? Stomatit — bu og‘iz bo‘shlig‘i: til, yonoqlarning ichki tomoni, tomoq yallig‘lanishining umumiy nomi. Yoqimsiz hissiyotlar sizning ovqatlanishingiz, suv ichishingiz, suhbatlashishingiz va og‘riq kuchli bo‘lsa, hatto uxlashingizga ham xalaqit berishi mumkin. Stomatit bir necha ko‘rinishda bo‘ladi:
Stomatit nima uchun paydo bo‘ladi? Sababi ko‘p: bu turli infeksiyalar, jarohatlar yoki yuqumsiz kasalliklar bo‘lishi mumkin. Quyida stomatitning ba'zi sabablari keltiriladi:
Stomatit qanday davolanadi? Stomatitning kelib chiqish sabablari turlicha bo‘lgani bois, ularni davolash ham shundan kelib chiqadi. Stomatitni davolashda asosiysi - og‘riqsizlantirish. Buning uchun ibuprofen yoki paratsetamol kerak bo‘ladi - bu eng hamyonbop va keng tarqalgan preparatlar. Stomatitda muzqaymoq yaxshigina og‘riqsizlantiruvchi ta'sirga ega. Bu g‘alati eshitilishi mumkin, chunki bizni doim og‘riqli joyni isitishga o‘rgatishgan: sovuq, yumshoq konsistensiya va yoqimli ta'm og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini yengilroq o‘tkazishga yordam beradi. Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar mavjud - lidokainli gellar. Biroq ularni ehtiyot bo‘lib ishlatish kerak: bunday vositalarni faqat katta yoshlilarga qo‘llash mumkin, bolalar va chaqaloqlar uchun esa, ular xavfli. Ularning ta'siri vaqtinchalik, biroq agar bola katta miqdordagi gelni yutib yuborsa, bu yurak ritmining buzilishiga olib kelishi mumkin. Parhez haqida unutmang: shusiz ham og‘riqli og‘iz bo‘shlig‘ini qaynoq, achchiq yoki nordon yeguliklar bilan "qiynamang". Qachon shifokorga borish kerak? Og‘iz bo‘shlig‘ida yaracha ko‘rinishida paydo bo‘lib, noqulaylik tug‘diradigan oddiy stomatit ko‘pi bilan ikki haftada ketadi. Bunday holatlarda qo‘shimcha yordamga hojat yo‘q, agar stomatit ketavermasa, qandaydir belgilar (yuqori harorat, toshmalar, holsizlik) namoyon bo‘lsa, shifokor bilan birga uning sababini aniqlash kerak. Uni davolash uchun terapevt va stomatologga murojaat qiling.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|