Главная » 2017 » Март » 24 » Surunkali charchoq sindromidan xalos bo‘lishning 4 usuli
14:04

Surunkali charchoq sindromidan xalos bo‘lishning 4 usuli


Ishdagi zo‘riqishlar, kamharakatlik, ko‘p asabiylashish, stresslar, o‘z vaqtida ovqatlanmaslik, uyqu tartibining buzilishi kabi holatlarning doimiy ravishda sodir bo‘lishi organizmimizdagi mavjud quvvat resurslarining kamayib borishiga zamin yaratadi.

Bu esa o‘z o‘rnida surunkali charchoq sindromining paydo bo‘lishiga olib keladi.

Agar sizda ham shunday holat kuzatilayotgan bo‘lsa, unda bugungi maslahatlarimiz sizlar uchun.

Birinchi usul. Buning uchun sizga 200 gr. yong‘oq, 200 ml. asal, 200 gr. limon kerak bo‘ladi.

Avval yong‘oq va limonni maydalang. So‘ng, asalni qo‘shib, aralashtiring. Bunday aralashmani muzlatkichda saqlash lozim. Tayyor bo‘lgan massani 1 kunda 3 mahal, 2 hafta davomida iste’mol qiling.

Ikkinchi usul. Yangi uzilgan uzum sharbatini 1 kunda z mahal, 2 osh qoshiqdan, ovqatlanishdan avval, o‘zingizni tetik his etmaguningizcha iching.

Uchinchi usul. Charchoqni tez bosishda qarag‘ay ignabarglari juda foydali. Qarag‘ayning ignabarglarini terib, yuving va pechda past olovda 15 daqiqa davomida quritib oling.

So‘ng, maydalab, 2 osh qoshiq kukunga 200 ml. suv qo‘shing hamda 30 daqiqa davomida past olovda qaynating. Aralashmaga 3 osh qoshiq asal qo‘shing va olovdan oling. Massani issiqligida ustini yopib, sochiqqa o‘rab qo‘ying.
10 kun davomida uyquga yotishdan avval 1 osh qoshiqdan iste’mol qiling. Natijasini ko‘rasiz.

To‘rtinchi uchul. Surunkali charchoqni qoldirishning yana bir qadimiy yo‘li bor. Buning uchun sizga .200 ml. sut, 1 osh qoshiq asal, 0,5 stakan yangi ochilgan moychechak gullarining quritib, maydalangan kukuni kerak bo‘ladi.

Moychechak kukuniga sutni qo‘shing va olov ustiga qo‘ying. Qaynab chiqqach, unga asalni qo‘shasiz va doka yordamida boshqa idishga suzib olasiz. Ushbu aralashmani ham oz-ozdan uyqu oldidan ichish yaxshi naija beradi.

Umida Yakubova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: xalos bo‘lish, sindrom, Surunkali charchoq, 4 usul | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz