22:22 Surxondaryo viloyatida bir guruh qimorbozlar qo‘lga olindi | |
Surxondaryo viloyati Angor tumani Ulug‘bek mahallasida yashovchi 49 yoshli B.S o‘z uyida qimorxona tashkil etdi, deb yozadi O‘zA. Fuqaro tanishlari F.S., Q.O., P.M., B.M. va X.Tlarni taklif etib, qimor o‘ynay boshladi. Shunday kunlarning birida qimorbozlar guruhi IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Xolislar ishtirokida ulardan ikki quti qarta, 817 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olindi. Xabarda qayd etilishicha, B.Sga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|