Olimlar muvaffaqiyatli biznesmenlarning tarjimai holi va tarixiga butun bir katta tadqiqotni bag‘ishlab yuborishmoqda. Tadqiqotlar davomida ular muvaffaqiyatining sirini topishga va uni o‘rganishga intilishmoqda. Haqiqatdan ham, ular yaratgan biznes mana shunday “qurbonlikka” arziydi. Masalan, Hindistonning Haydarobad shahrida joylashgan biznes maktabidan chiqqan Ramnarayana Subramaniana rahbarligidagi guruh muvaffaqiyatli biznesmenlarning umumiy jihatlarini topdi va uni omma e’tiboriga taqdim qildi. Ular bilan siz ham tanishishingiz mumkin...
1. Mo‘ljalni odamlarga qaratmoq
Bu qandaydir ichi bo‘sh jumla emas! Turfa o‘y-xayollar, kompaniyaga nisbatan ochiq va pozitiv munosabat ko‘p narsaga erishishga yordam beradi. Tadqiqotlarda biznes-liderlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:
• Umumiy qiziqish asosida fikrlash va harakat qilish;
• Yangi fikr va qarashlarga ochiqlik;
• Noqulay sharoitda ham pozitivga sozlana bilish;
• Jamoaning, undagi har bir xodimning mehnati va hissasini to‘g‘ri baholash.
Bunday pozitsiyalarni yuzlab davom ettirish mumkin. Ular miqdori qancha ko‘p bo‘lmasin, ularni faqat bir narsa – jamoaga, uning qudratiga ishonch biriktirib turadi.
2. Maqsad sari yo‘l
Biznesmenlarning maqsad sari aniq va qat’iy rejasi muhim sanaladi. Buning uchun:
• Global maqsadlarni aniqlay olish;
• Manfaatdor, hatto qarama-qarshi tomonlarni birlashtirish;
• Qisqa muddatli to‘siqlarga e’tibor bermaslik;
• Topshiriq va maqsadlarga sodiqlik, ishlashda sabr-toqat.
Yangi loyihani ishga tushirish yo‘lida turli to‘siqlarga duch kelish tabiiy holat. Bu chidamliligingizni sinovdan o‘tkazishdir. Bu holatda hattoki foyda ko‘rish ishtiyoqi ham ikkinchi o‘ringa tushadi.
3. Bilim olishga yo‘naltirish
Biznesmen biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun doim bilim olishga tayyor turadi. Tavakkalchilikdan qochmaslik, tashqi ovozlarni eshitish va tajriba qilishdan qo‘rqmaslik kerak:
• Turli axborot manbalarini tinglay olish;
• Yangi g‘oyalarni topish, qo‘llay olish;
• Har kimning fikrini tinglash;
• O‘z biznesini har tomonlama rivojlantirish uchun shaxsan ishtirok etish;
• Yangilikka ochiqlik.
Qo‘rquvga chap berish, o‘z maqsadi yo‘lida hech narsadan tap tortmaslik, kuchli sa’y-harakat, albatta, g‘oliblik keltiradi.