13:25 Tanamizdagi og‘riqlar nimadan darak beradi? | |
Bosh Ushbu sohadagi og‘riq ko‘pincha organizmning zo‘riqishi, stress va surunkali charchoq oqibatida kelib chiqadi. Boshingiz og‘rishni boshlaganida dastlab, qon bosimingizni o‘lchating. Agar o‘zgarishlar bo‘lmasa, demak muammo qon bosimi bilan bog‘liq emas. Bo‘yin Umurtqa pog‘onasidagi o‘zgarishlar, ensada tuz yig‘ilishi, bo‘yinning orqa qismidagi nerv tolalarining shamollashi ushbu sohada og‘riqni paydo qiladi. Og‘riqsizlantiruvchi surtmalar va uqalash mashqlariga chalg‘imasdan shifokorga murojaat eting. Yelka Ruhshunoslar yelkadagi og‘riqni insonning ruhiyati bilan bog‘lashadi. Kuyinchak, boshqalarning muammosini ham o‘zinikiday qabul qiladigan kishilarda yelka og‘riqlari tez-tez uchrab turarkan. Boisi esa fahmlaganingizdek ortiqcha yukni yelkaga ortishdir. Kurakning orqa qismi Agar orqa kurakning o‘ng qismi og‘risa, yurak faoliyatiga ahamiyat berish lozim. Agar og‘riq kurak bo‘ylab yoyilsa, nerv tolalarining shamollashidan darak bo‘ladi. Bel Tuz yig‘ilishi, og‘ir ko‘tarish, suyaklardagi o‘zgarishlar, ayollarda jinsiy a’zodagi yallig‘lanish jarayonlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Beldagi bezovtalikka befarq bo‘lish yaramaydi. Albatta, mutaxassisga uchrashish lozim. Tirsak Kamdan-kam hollarda kuzatiladigan og‘riq bo‘lsa ham e’tibordan chetda qoldirmang. Tirsakdagi og‘riq agar u chap qo‘lda bo‘lsa, yurak qon-tomir faoliyatiga ishora qilishi mumkin. Agar o‘ng qo‘lda bo‘lsa, lat yeyish yoki suyak bilan bog‘liq o‘zgarishlarga ishora qiladi. Qo‘llar Qo‘llarning uvishib og‘rishi faqat yurakka bog‘liq emas, vegetativ nerv tizimidagi buzilishlar ham qo‘llarda aks etishi mumkin. Shu bilan birga qo‘ldagi og‘riq umurtqa pog‘onasidagi biror o‘zgarishdan ham sodir bo‘ladi. Bo‘ksa Tana vaznining me’yordan ortiqcha ekanligi, bo‘ksaning oyoq bilan birlashgan qismiga zo‘riqish tushishi tufayli yallig‘lanish kelib chiqishi sabab og‘riq kuzatilishi mumkin. Shuningdek, keskin harakat qilinganida ham bo‘ksa sohasida og‘riq yuzaga keladi. Tizza Asosan tuz yig‘ilishi sabab tizzada og‘riq kuzatiladi. Bu paytda uqalash yoki issiq muolajalar bilan ovunmay mutaxassis ko‘rigidan o‘tish va to‘g‘ri davolanish zarur. Oyoq kafti Uzoq muddat tik oyoqda turish, vena qon tomirlari bilan bog‘liq muammolar, organizmning zo‘riqishi tufayli oyoq kaftida og‘riq kuzatilishi mumkin. Uyda moychechak yoki isiriqli vanna qabul qilib, og‘riqni yengillashtirolasiz.
Manba: "http://darakchi.uz"
| |
|