Главная » 2019 » Декабрь » 14 » Tarixda birinchi marta g‘ayritabiiy mavjudotlarning tasviri topildi
09:01

Tarixda birinchi marta g‘ayritabiiy mavjudotlarning tasviri topildi


Arxeologlar Indoneziyaning Sulavesi orolida g‘ayritabiiy mavjudotlar aks etgan tarixdagi birinchi tasvirni topdi. Rasmlar g‘or devorlariga qizil rang bilan taxminan 40 ming yil avval chizilgan. Bu haqda The Washington Post xabar beradi.

Dastlabki odamlar cho‘chqalarni, shoxli hayvonlarni, shuningdek, odamsimon mavjudotlarning shakllarini chizgan. Yirik hayvonlar faqat Sulavesida yashaydigan buyvollar va anoalar hisoblanadi.

Sahna anoa ovini aks ettiradi, biroq odamlarda hayvonlarning xususiyatlari mavjud: shakllarning birida dum mavjud bo‘lsa, boshqasining boshi qushni eslatadi. Olimlarning fikricha, ular afsonaviy mavjudotlar bo‘lishi mumkin. Tasvirlarning yoshini aniqlash ishlari natijalariga ko‘ra, bu rasmlarning yoshi Yevropa g‘orlaridagi tasvirlarning yoshidan ming yilga katta.

Fransiya va Ispaniyada qadimiy rassomlar hayvonlar tasvirlarini yog‘och ko‘miri yordamida chizgan. Ranglar tarkibidagi uglerod radiouglerod usuli yordamida rasmlarning yoshini aniqlashga imkon bergan. Biroq Sulavesida topilgan qizil rangda organik modda mavjud emas, shuning uchun tadqiqotchilar rasm ustida yuzaga kelgan mineral qoldiqlar yoshini aniqladi. Natijalar tasvirlarning yoshi 35—44 ming yilga teng ekanligini ko‘rsatgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz