Главная » 2019 » Декабрь » 23 » Tashvishni yengishning 4 oson usuli
21:46

Tashvishni yengishning 4 oson usuli


Har bir odam hayotida hech bo‘lmaganda bir marta tashvish va xavotir hissini tuyadi. Buning sabablari ishdagi muammolardan tortib, o‘z vaqtida to‘lanmagan to‘lovlargacha bo‘lishi mumkin. Agar bezovtalik uzoq vaqt davomida tark etmasa, unda shifokorga borish tavsiya etiladi. Agar vaqti-vaqti bilan paydo bo‘lsa, buni dori-darmonlarsiz, tabiiy usullar yordamida bartaraf etish mumkin. Buning uchun nimalar qilish kerakligi haqida quyida bilib olasiz.

Xavotirlaringiz haqida yaqinlaringizga ayting

Картинки по запросу Проговорите тревожность

O‘z yaqinlaringizga tashvishlaringiz haqida gapirishga harakat qiling. Dardlaringizni haddan tashqari “to‘kib-solmang”, chunki o‘z qadringizni yo‘qotib qo‘yasiz. Biz ko‘pincha kimgadir tashvishlarimizni aytib “yengil” bo‘lishni va ulardan maslahat olishni istaymiz. Biroq ko‘p hollarda, vaziyatni yana-da murakkablashtiramiz. Shuning uchun, bu borada o‘zingiz ishongan va eng yaqin sirdoshlaringiz bilan gaplashing. Ular muammoning yechimini topishga yordam beradi.

“Mushuk-sigir” yoga usulini qo‘llang

Yoga boshqa jismoniy mashqlar kabi tashvishlarni yengib o‘tishning ajoyib usuli hisoblanadi. Agar sport zalida yugurish va mashq qilish uchun imkoningiz bo‘lmasa, yoganing “mushuk-sigir” usulini sinab ko‘ring. Bu ko‘p harakat talab qilmaydi, balki stresslarni yengillashtiradi va dam olishga imkon beradi.

Aytgancha, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, har qanday muntazam jismoniy faoliyat hayotdagi bezovtalikni kamaytirishga yordam beradi.

Ushbu GIF’dan foydalanib nafas oling
To‘g‘ri nafas olish miyaga ko‘proq kislorod yetkazish imkonini beradi. Bu esa asab tizimlarini faollashtiradi. Bundan tashqari, nafas olishning to‘g‘ri tashkillashtirilishi tufayli yurak ritmi tiklanadi. Tinchlanish uchun ikki daqiqa davomida boshqaruvli nafas olish kifoya qiladi.

Картинки по запросу Проговорите тревожность

5-4-3-2-1 usulini sinab ko‘ring.

Ushbu uslub xavotirlarni bartaraf etishga va atrofdagi voqelikka chalg‘ish uchun imkon beradi. U vahimaga uchragan odamlarda ham qo‘llaniladi. Shunday qilib, avval atrofingizga nazar tashlang va ko‘rgan besh narsangizni nomlang. Keyin ushlash mumkin bo‘lgan to‘rtta narsa, eshitish mumkin bo‘lgan uchta va hidini his qila oladigan 2 ta narsa, oxir-oqibat, tatib ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan bitta narsani ovoz chiqarib ayting. Ushbu usul sababsiz bezovtalik holatida juda samarali. Bu sizga xavotirlarni unutish bilan birga, butun dunyo haqida ko‘proq o‘ylashga imkon beradi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz