21:56 “Taxt O‘yinlari” yulduzini Nyu-Yorkdagi bardan haydab chiqarishdi | |
Mashhur “Taxt o‘yinlari” serialidagi Jon Snou roli bilan tanilgan aktyor Kit Haringtonni Nyu-Yorkdagi bardan sarxushligi uchun haydab chiqarishdi, deb yozadi Vesti.ru. Mojaro 5 yanvar kuni Barfly qovoqxonasida sodir bo‘lgan. Harington bir qo‘l bilyard o‘ynamoqchi bo‘ladi, hayhot, o‘sha damda u o‘ta mast holatida edi va arang oyoqda turardi. Atrofdagilarga yopishib, bilyard o‘ynayotganlarning qo‘llaridan kiyni yulqib tortib ola boshlagach, 31 yoshni qoralagan aktyorni xushmuomalalik bilan barni tark etishini so‘rashadi. Harington rozi bo‘ladi. Biroz vaqtdan so‘ng yana qaytib kelgani uchun uni ko‘chaga sudrab olib chiqishadi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|