17:20 Telefondagi sim-kartani qancha vaqtda almashtirib turish kerak? | |
Telefondagi sim-kartani bir yilda bir yoki ikki marta almashtirish kerak. Bu haqda "Raqamli platformalar" tashkiloti Bosh direktori Arseniy elsin ma'lum qilgan. Unga ko‘ra, agar abonent aloqa sifatining yomonlashganini sezsa, sim-kartani yangilash kerak. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ko‘pchilik birinchi navbatda hamma narsada gadjetning o‘zini ayblashadi, ammo muammo faqat sim-kartada bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanganidek, elsin sim-karta 4G texnologiyasida ishlamasa, telefonda kontaktlar chegarasi tugasa ham sim-kartani o‘zgartirishni maslahat bergan. Shuningdek, u yangi telefon sotib olganda ham sim-karta yangilashni tavsiya qilgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|