Главная » 2020 » Январь » 17 » Tez uyquga ketishning 5 ta oson usuli
23:57

Tez uyquga ketishning 5 ta oson usuli


Aytishlaricha, tananing ma’lum qismlarini massaj qilish tez uyquga ketishga yordam berar ekan. Bir qarashda ishonib bo‘lmaydigandek ko‘rinadi, ammo o‘zingizda sinab ko‘rsangiz bu haqiqat ekanligiga ishonasiz. 

1-nuqta

•  Qo‘l kaftining rasmda ko‘rsatilgan sohasi yengil aylanma harakatlar bilan massaj qilinadi. Harakatlar yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga tomon bajariladi.
•   Massaj harakatlari 2-3 daqiqa davom etishi kerak.
•  Bir qo‘l massaj qilingach, ikkinchi qo‘lga o‘tiladi. 

2-nuqta

•  To‘piqdan 4 barmoq yuqoridagi nuqta topiladi (rasmda ko‘rsatilgan).
•  Topilgan nuqta tepadan-pastga, 2 daqiqa davomida aylanma harakatlar bilan massaj qilinadi.

3-nuqta

•  Chalqancha yotiladi va oyoqlar tizza sohasidan bukilgancha ko‘tariladi. Bunda qo‘llar oyoqlaringizga yetib turishi kerak.
•  Shu holatda bir oyoq qo‘lga olinadi va tagining rasmda ko‘rsatilgan qismi bosib massaj qilinadi. Nuqta aylanma harakatlar bilan uqalanadi.   

4-nuqta

•  Qo‘llarni shunday buringki, qo‘l kafti yuqoriga qaragan bo‘lsin.
•  Qo‘lning bukiladigan qismidan uch barmoq pastdagi nuqta topiladi (rasmda ko‘rsatilgan).
•  Topilgan nuqta tepadan pastga tomon massaj qilinadi. Massaj har bir qo‘lda 1 daqiqa davomida bajariladi.

5-nuqta

•  Bosh chanog‘ining orqa qismi (rasmda ko‘rsatilgan) aylanma harakatlar bilan tepadan pastga massaj qilinadi. 
•  Massaj davomida chuqur nafas olinadi. 
•  1,5-2 daqiqa davomida bajariladi.

Yuqorida keltirilgan massaj usullarini yaxshilab o‘rganib, keyin o‘zingizda sinab ko‘rishni tavsiya qilamiz.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Maslaxatlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz