22:54 Tezpishar Pishiriq | |
ShOShIB TURGANDA BEKALARGA ASQATADI! Zarur masalliqlar: 500 gr. tayyor qatlama xamir, 3 ta nok, 1 dona tuxum, 3 osh qoshiq ezilgan yong‘oq mag‘zi, 1 bo‘lak limon, ta’bga ko‘ra shakar va dolchin. Tayyorlanishi: 1. Qatlama xamirni yoyib, 6 ta katta to‘rtburchak bo‘lak kesib oling. 2. Nokni archib, maydalab to‘g‘rang-da, limon sharbatidan seping. 3. Xamir bo‘laklari ustiga nokdan solib, ozgina dolchin seping. Uchburchak shaklda tugasiz-da, yuziga tuxum sarig‘idan surtasiz. 4. Pishiriqlar ustiga qand upasi va yong‘oq mag‘zidan sepib, 190 darajada qizdirilgan gaz pechiga 25 daqiqaga qo‘ying. 3 kishilik 50 daqiqa
Manba: "darakchi.uz"
| |
|