Главная » 2020 » Март » 4 » The Telegraph O‘zbekistonni koronavirusdan holi davlatlar qatoriga kiritdi
22:39

The Telegraph O‘zbekistonni koronavirusdan holi davlatlar qatoriga kiritdi


Buyuk Britaniyaning mashhur jurnallaridan biri bo‘lgan The Telegraph O‘zbekistonni sayyohlar tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan koronavirusdan holi 19 davlatlar ro‘yxatiga kiritdi.

O‘zbekistondan tashqari ro‘yxatga Argentina, Kuba, Namibiya va boshqa davlatlar kiritilgan. Nashrda aytilishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirusdan kasallanish holati aniqlanmagan bo‘lib, tomosha qilish mumkin bo‘lgan joylar bor.

Ushbu nashr sarguzasht istovchi sayyohlarga borish tavsiya etiladigan 50 ta turistik yo‘nalish ro‘yxatini tuzib chiqqandi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasi O‘zbekistonga nasib etgan.

Avvalroq Davlat turizm qo‘mitasi O‘zbekistonni koronavirusdan holi mamlakat sifatida targ‘ib qilmoqchi ekanligi xabar berilgan edi.

UNWTO (Butunjahon sayyohlik tashkiloti)ning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston turizm sohasi eng jadal sur’atlarda rivojlanayotgan Top-20 mamlakat ro‘yxatidan o'rin olgan.

AQShning Harper’s Bazaar nashri 2020-yilda turistlarga sayohat qilish tavsiya qilinadigan 20 ta eng yaxshi yo‘nalish ro‘yxatini taqdim qilgan va ushbu reytingda ham O‘zbekiston yetakchi o‘rinda qayd etilgan.

Xavfsiz turizm bo‘yicha Insurly reytingida MDH davlatlari orasida esa O‘zbekiston 1-o‘rinni egallagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz