21:14 “Tik Tok”da nosozlik… | |
AQShda “Tik Tok” dasturi katta nosozliklarga duch keldi. Bu haqda Downdetector kuzatuv portali ma’muriyati xabar berdi. Qayd etilishicha, foydalanuvchilarning 38%i video tomosha qilishda muammoga duch kelgan, 8%i o‘z akkauntiga kira olmagan, 7%i esa ijtimoiy tarmoqqa post joylay olmagan. Dasturning texnik nosozligiga sabab haligacha aniqlanmagan. Eslatib o‘tamiz, Xitoyning “Tik Tok” ijtimoiy tarmog‘i 2018 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, ilova qisqa videolarni yuklab olish imkonini beradi. Uch yil ichida u 500 milliondan ortiq auditoriyani jalb qila oldi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|