21:16 Til sog‘liqdan so‘zlaydi: kasallikdan darak beruvchi 7 belgi | |
Vitamin yetishmovchiligi, temir moddasi tanqisligi va hatto rivojlanayotgan saraton kasalligining ilk belgilarini tilning holatiga ko‘ra aniqlash mumkin. Mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, tilni ham vaqti-vaqti bilan sinchliklab tekshirish kerak. Agar quyida keltiriladigan belgilar namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish zarur. Tananing ushbu a’zosi sog‘liq haqida ko‘p narsalarni aytib berishi mumkin. Yorqin-qizil til Agar til xuddi qulupnay sharbati surilgan kabi qizil rangda bo‘lsa, u holda organizmda B12 va temir moddasi yetishmasligidan dalolat. Shuningdek, tilning yuzasi silliqlashishi kuzatilsa, bu tana uchun eng muhim hisoblangan vitaminlar yetishmasligidan darak beradi. Buning uchun shifokor ko‘rigidan o‘tish va tavsiyaga ko‘ra vitaminlar qabul qilish kerak. Jigarrang yoki qora til Albatta, bunday ko‘rinish yoqimsizligi bilan birga, bir qancha muammoni ham namoyon qiladi. Masalan, achchiq choy yoki qahvaga mukkasidan ketish, chekish yoki og‘iz bo‘shlig‘ida gigiyenaning yomonligidan bo‘lishi mumkin. Buning uchun uy sharoitida tilni maxsus cho‘tka yoki choy qoshig‘ida bo‘lsa ham tozalashni boshlash kerak. Qahva va choyni kamroq ichish va chekish tashlansa, vaziyat o‘z-o‘zidan ijobiy tomonga o‘zgaradi. Tvorogsimon oq so‘lak Agar til hozirgina tvorog mahsulotini iste’mol qilgan kabi ko‘rinsa, bu organizmda molochnitsa achitqi infeksiyasi borligining belgisi. Ko‘pincha bu holat antibiotik qabul qilish ortidan yuzaga keladi. Sababi til bakteriya va infeksiyalarning tabiiy yashash joyi hisoblanadi. Ammo ularning muvozanati buzilib, bakteriyalar anibiotiklar yordamida yo‘q qilinsa, achitqilar ko‘payishi mumkin. Shu tufayli molochnitsa kasalligi ta’m buzilishi yoki og‘riq bilan kechishi kuzatiladi. Ko‘pincha bu kasallikka qandli diabet, autoimmun bilan kasallanganlar va yosh bolalar uchraydi. Tilda ajinlar va yoriqlar Bu yosh bilan bog‘liq bo‘lgan zararsiz o‘zgarish hisoblanadi. Til ham inson kabi qariydi va ajinlar tushishi kuzatiladi. Ammo ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lgan narsa yoriqlar orasida gribok kasalligi ham yuzaga kelishi mumkin. Agar achishish, og‘riq va yoqimsiz hid paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Mayda oq dog‘lar Agar bu holat bir yoki ikki hafta mobaynida yo‘q bo‘lib ketmasa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Sababi bu tanada hujayralarning me’yoridan ortganining belgisi bo‘lishi mumkin. Kichkina qizil yaralar Qizil yaralar, dog‘lar yoki jarohatlar shifokor ko‘rigidan o‘tishning yana bir sababidir. Agar tamaki chekilsa yoki 65 yoshdan o‘tganlar orasida bu xavfli kasallik sanaladi. Shuningdek, chekmaydigan yoshlarda ham bu og‘iz bo‘shlig‘i saratonini rivojlanishiga yo‘l ochishi mumkin. Tilning qizishi Agar tilning ko‘rinishi yaxshi va sog‘lom bo‘lsa, yonish, qizish menopauza bilan bog‘liq gormonal o‘zgarish tufayli yuzaga keladi. Ba’zida esa bu tish pastasiga allergiya ham bo‘lishi mumkin.
Manba: "daryo.uz"
| |
|