12:06 Tillarang Pirog - hatto qovoqni xushlamaydiganlarga ham yoqadi! | |
Zarur masalliqlar (10 kishilik): 1 dona uzunchoq shakldagi qovoq, 200 gr. shakar, 150 gr. un, 100 gr. sariyog‘, 4 dona tuxum, 4 osh qoshiq qaymoq, 3 osh qoshiqdan kraxmal va limon sharbati, 2 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq limon qirindisi, dolchin, yong‘oq, tuz. Tayyorlanishi: 1. Qovoqni urug‘idan tozalab, 50 daqiqaga 200 darajada qizdirilgan gaz pechiga qo‘ying. Keyin po‘stini olib tashlab, qovoqni yaxshilab ezing. 2. Un, sariyog‘, 1 dona tuxum va 50 gr. shakarni aralashtirib, xamir tayyorlang-da, yarim soat muzlatkichda qo‘ying. 3. Qovoqli bo‘tqa sovigach, qolgan shakarni aralashtirib, kraxmal, smetana, dolchin, maydalangan yong‘oq, limon sharbati va qirindisi, qaymoqni qo‘shing. Qolgan tuxumni ham aralashmaga soling. 4. Xamirni yupqa qilib yoyib, yog‘langan qolipga qo‘ying. Ustidan qovoqli aralashmani soling. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 45 daqiqada pishadi. Pishgach, maydalangan yong‘oq va qaymoq bilan bezash mumkin. Tayyorlanish vaqti: 2 soatu 40 daqiqa.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|