20:08 Tish pastasidagi rangli belgilar nimalardan xabar beradi? | |
Sifatli tish pastasi tishlarni nafaqat tozalaydi, balki oqartiradi, dezinfeksiyalaydi. Agar tish pastasining idishiga e’tibor bersangiz, unda albatta kvadrat belgi bo‘ladi. Bu belgining rangiga qarab tish pastasining sifati, tarkibi haqida bilib olish mumkin. Agar kvadrat yashil rangda bo‘lsa, bilingki, bu mahsulot tabiiy moddalardan tarkib topgan. Darvoqe, bunday kvadratlar boshqa kosmetik mahsulotlarga ham qo‘yiladi. Agar kvadrat ko‘k rangda bo‘lsa, tish pastasi tabiiy hamda kimyoviy moddalardan iboratligini bildiradi. Kvadrat qizil rangda bo‘lsa, bunday pastani tasodifan bo‘lsa-da yutib yuborish mutlaqo mumkin emas. Pasta tarkibida oz bo‘lsa ham xavfli kimyoviy modda bor. Qora rangdagi kvadrat bo‘lsa, bu uning deyarli kimyoviy moddalardan tashkil topganini bildiradi. Ishlab chiqaruvchilar bunday usuldan doimo foydalanishadi. Shuning uchun, ayniqsa, bola uchun tish pasta tanlayotganda bunga, albatta, e’tibor berish va tabiiy mahsulotni tanlash kerak!
Manba: "xabardor.uz"
| |
|