19:47 Toshkent hokimligi aholiga murojaat yo‘lladi | |
Ertaga, 30 martdan Toshkent shahriga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va haraktlanishiga ruxsat berildi. Shu sababdan Toshkent aholisi oziq-ovqat taqchilligi yuza beradi degan xavotirda bozor va super marketlarni bo‘shatishga tushdi. Toshkent shahar hokimligi holatga munosabat bildirib, cheklov shahar oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kirilishiga ta’sir ko‘rsatmassligini ma’lum qildi. “Bugun shahrimizning ko‘plab bozorlari va do‘konlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga navbat kuzatildi. Bu esa karantin talablariga ziddir. Shu sabab aholimizga murojaat qilib, zaxirada qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetarli ekanligini, bozor va do‘konlar bunday mahsulotlar bilan muntazam ta’minlanishini ma’lum qilamiz. Faqat zaruratga ko‘ra ko‘chaga chiqing, odamlar bilan oraliq masofani saqlang, sanitariya-gigiyena talablariga rioya eting va bu bilan o‘zingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini asrang!”, deyiladi hokimlik xabarida.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|