Toshkent shahar, Yunusobod tumanida joylashgan tuman elektr podstansiyasida transformator yonib ketgan. Bu haqda saytining ishonchli manbasi xabar berdi.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Tillaxo‘jaevning ma’lum qilishicha, yong‘in soat 14:34 da boshlangan, o‘t o‘chirish mashinalari 14:40 da yetib borgan. Soat 14:54 da yonayotgan ob’ekt to‘liq o‘rab olinib, 14:56 da yong‘in xavfi butkul bartaraf etilgan.
Yong‘in sabablari hozirda o‘rganilmoqda. Xabar qilinishicha, yong‘in unchalik xavfli tus olmagan.