13:52 Toshkent shahriga har qanday transportda kirish va chiqish to‘xtatiladi | |
Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi shaxslarga tatbiq etilmasligi belgilandiToshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo‘l) 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Transport vazirligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida shunday qarorga kelingan. Bunda, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.
Manba: "kun.uz"
| |
|